Mundarija
Bo'limlar
Ilyosbek Studio
Yangiliklar
Baho Bering
Korsatgich
Bosh Sahifa » » Har hil mavzuda [ Yangilik Qoshish ]

Ajib hayot va undagi Sog'inch..
2013-07-07, 11:49 PM

Hayot... Hayot o'zi qiziq ekan. Insonni turli kuyga soladi. Ba'zan kuldiradi, ba'zan yig'latadi, ba'zida esa kuldirib turib qalbingni zil titratadi... Sog'inch... O'kinch... Bular ajib tuyg'ular... Qiziq, ular nimaga bo'ysunarkin... Yurakkami yoki aqlga?... Bir do'stim aytardi, dunyoda ikki toifadagi insonlar mavjud deb, biri his tuyg'ular bilan ish ko'rsa, boshqalari aql bilan mulohaza qilarkan. Go'yo insonning butun faoliyatini miya va aql boshqaradi. Menimcha, insonni bu ikki toifaga ajratish noto'g'ri, chunki aql va his garchi bir biriga teskari bo'lsada, ular har bir insonda mavjud hususiyatlardir. Aql bilan ish ko'ruvchi insonlar ham, ba'zan, garchi o'zlari hohlamasalarda, qalb hislariga bo'ysunishlarini hech kim inkor qilolmaydi. Ana shunday qalb hislaridan biri Sog'inchdir. Yuraklarni hijron sahrolarida zor qaqshatgan tuyg'u. Qalbing sog'ingan insoningni so'g'inganingda dunyo ko'zingga tor ko'rinadi, yuragingda allaqanday og'riq paydo bo'lib, u bo'g'zingga tiqilib qoladi. O'sha bo'g'zingga tiqilgan og'riqni jon holating bilan baqirib, chiqarib tashlaging keladi... Lekin sen unday qilolmaysan... Har doimgiday sen jim... bu azoblarni ichingga qaytarib yutasan. Chunki sening atrofingdagilar uchun kulgili va tushunarsiz bo'lgan bu tuyg'ularing biror kimsaga ma'lum bo'lishidan, ularni anglashidan qo'rqasan. Sening ojizgina ilojsiz holatingni namoyish qilish sen uchun mushkul. Sendagi ilojsizlik bu qalbingda sog'inch hissi tug'yon ko'targanida uni sog'inganingga yetkaza olmasligingdir. Ilojsizsan... Bu esa qalbingni yanada tilka pora qiladi. Sog'ingan damlaring yuraging go'yo ming, ming bo'laklarga parchalanadiyu, keyin yana o'z holatiga qaytganday bo'ladi. Qalbingni sog'inch hissi o'rtaganida birgina malham va taskin bu xotira va yomg'irday tizilgan ko'z yoshlaringdir... Yaratgan shunchalik marhamatliki, hatto shunday azobli tuyg'uni yengillatish uchun insonlarga ko'z yosh atalmish bir tuhfani hadya etgan. Ko'z yoshing orqali qalbingni tosh misoli bosib yotgan armonli sog'inchlaringni yengillatasan. Keyin... Keyin esa yana hech nima bo'lmaganday hayot yo'llaringni davom ettirasan. Odamlar nazdida go'zal, sho'x va doim hayotidan mamnun insonday, birovlar dardiga dardkash, ammo o'zi uchun biror sirdosh topolmagan baxtli baxtsiz insonsan... Qalbini biror kimsaga ocholmagan ojizsan... (Muallifi noma'lum )
Bolimlar: Har hil mavzuda | Kiritdi: mubina
Korildi: 1628 | : 0 | Izohlar: 1 | Baholar: 5.0/1
Total comments: 1
1 Admin  
0
zooooooooooooooooor

Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Login ]

Izlash
Kirish
Soat
Sms Jo'natish
Pul Ishlang
Islomiy Saytlar
Reklama
Yangi Rasmlar
wWw.Uzprograms.Com © 2013



            Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!