Mundarija
Bo'limlar
Ilyosbek Studio
Yangiliklar
Baho Bering
Korsatgich
Bosh Sahifa » » Islom [ Yangilik Qoshish ]

Mohi RAMAZON muborak!!!
2013-07-10, 5:02 AM


Assalamu aleykum! Saytimiz faollari azolari va mehmonlari
Barchangizni Ramazon oyi kirib kelganligi bilan tabriklaymiz. Alloh taolo ushbu muqaddas oyni yaxshi amallarimizga vasila qilsin. Ushbu Ramazonning sharofati bilan Ramazondan onadan tug'ulgandek pokiza bo'lib chiqaylik inshaAllah.

Rosululloh sollollohu alayhi vasallam dedilar: "Odam farzandining har bir amali o'zi uchundir. Har bir yaxshilik o'n misldan yetti yuz mislga qadar ko'paytirib beriladi. Alloh taolo dedi "Faqatgina ro'za u men uchundir. Va unga o'zim mukofot beraman.

Allohning marhamati va rahmatidan foydalanib qolaylik azizlar. Kelinglar Allohdan ko'p ajirlar umid qilib duo va ibodatda bo'laylik. Dangasalik qilmasdan Alloh bergan imkoniyatdan foydalanib qolaylik. Allohim hammamizga kuch g'ayrat bersin!

Yana bir bor Mohi Ramazon muborak bo'lsin azizlar!

Ramazon fazilati

Inson ba’zan unutar
Noshukrlik kasrini
Ro’za tutarkan bilar
Ne’matining qadrini

Ro’za bizga o’rgatar
Sabrni va shukrni
Insonga marhamatni
Ibodatu zikrni.

Ramazonda shaytonlar
Bog’lanadi, bilingiz
Fursagtni boy bermanglar
Yaxshi amal qilingiz.

Ro’zada fayz, baraka
Doim hukm suradi
Buni his etmaganlar
Hali afsus qiladi

Ramazonda o’rgandik
Ko’pgina yaxshi amal
Unutmaylik ularni
Ramazondan keyin ham

Bolimlar: Islom | Kiritdi: Admin
Korildi: 2463 | : 0 | Baholar: 5.0/1
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Login ]

Izlash
Kirish
Soat
Sms Jo'natish
Pul Ishlang
Islomiy Saytlar
Reklama
Yangi Rasmlar
wWw.Uzprograms.Com © 2013



            Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!