Mundarija
Bo'limlar
Ilyosbek Studio
Yangiliklar
Baho Bering
Korsatgich
Bosh Sahifa » » Yangiliklar [ Yangilik Qoshish ]

iPhone 5s foydalanuvchilari “ko‘k o‘lim ekrani”dan shikoyat qilmoqda
2013-10-19, 6:46 AM

Yangi iPhone 5s sohiblari yangidan-yangi kutilmagan sovg‘alarga duch kelmoqda. Ularning hammasi ham yoqimli emas. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.


Ba’zilar o‘z smartfonining "qotib qolayotganini” ta’kidlamoqda. Bunda ekran ko‘k tusga kirib, qurilmada o‘chib-yonish jarayoni sodir bo‘lmoqda. Bunday tusdagi ekranni "kok o‘lim ekrani” deb atashmoqda. Windowsning eski versiyalarida tuzatib bo‘lmas tizim xatosi sodir bo‘lganida kompyuter ekrani shunday rangga kirar va shu atama qo‘llanilar edi.

Apple qurilmalari egalarining forumida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xato faqat iPhone 5s’da iWork ofis paketi dasturlarini ishlatganda paydo bo‘ladi. Biroq Windows’dagi "ko‘k o‘lim ekrani”dan farqli ravishda, iPhone displeyida bu vaqtda hech qanday tizim ma’lumoti paydo bo‘lmaydi. Xato dasturdan dasturga o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lmoqda.

Yaqinda Apple iOS 7 uchun birinchi yangilashni chiqardi (obnovleniye), biroq u "ko‘k o‘lim ekrani” muammosini yechmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Apple 20-sentabr kuni o‘zining yangi smartfonlari — iPhone 5s va 5c’ni sotuvga chiqargan edi. Kompaniya uch kunda 9 million dona iPhone sotib, rekord o‘rnatgan edi.

Bundan avval ham yangi iPhone foydalanuvchilari shikoyatlar bildirib, jumladan, iOS 7’dagi animatsiyalar ularda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarayotganini bayon qilgan.
Bolimlar: Yangiliklar | Kiritdi: Admin
Korildi: 2006 | : 0 | Baholar: 5.0/1
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Login ]

Izlash
Kirish
Soat
Sms Jo'natish
Pul Ishlang
Islomiy Saytlar
Reklama
Yangi Rasmlar
wWw.Uzprograms.Com © 2013



            Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!