Mundarija
Bo'limlar
Ilyosbek Studio
Yangiliklar
Baho Bering
Korsatgich
Bosh Sahifa » » O'zbekcha Kinolar [ Yangilik Qoshish ]

Hasan ibn Husan (uzbek kino)
2013-09-22, 4:49 AM

Tez Kunda kuzatishni davom etin

O’zbek kino industriyasi tobora rivojlanib bormoqda. Kinoijodkorlarimiz esa ketma-ket yangidan yangi filmlarni tomoshabinlarga taqdim etishda davom etishmoqda. Mana bugun biz sizlarga yana bir yangi film haqida ma’lumot yetkazish uchun tayyor turibmiz. Yangi film «Hasan ibn Husan» deb antiqa nom oldi

Qiziq, film nima uchun bunday nomlangan ekan, degan savol tug’ilishi tabiiy. Biroq, film ijodkorlari hozircha bu savolni ochiq qoldirishdi. Ammo, mazkur kartinada taniqli komik aktyor Muhammad Iso Abdulhayirov bir emas, ikki obrazda namoyon bo’ladi, ya’ni Hasan va Husan. Film afishasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, go’yoki ularning biri jiddiy, ikkinchisi esa quvnoq obrazlarga o’xshaydi. Aslidachi? Aslida qanday ekanligini 27 sentyabr kuni bo’lib o’tadigan prem’eradan so’ng bilib olishimiz mumkin. Xo’sh, endi asosiy savolga o’tsak — aniqrog’i film ijodkorlari o’zi kimlar? «Zamonaviy sovchilar», «Payshanbadan payshanbagacha» kabi kinokartinalar orqali sizlarga yaxshi tanish bo’lgan ijodiy guruh ushbu «Hasan ibn Husan» filmini tasvirga tushirishgan bo’lib, fantastik komediya janrida suratga olinganligini ta’kidlab o’tishdi. Film rejissori Javlon Shodmonov mazkur filmni prem’erasini o’tkazishi bilanoq navbatdagi filmni suratga olish ishlarini boshlab yuborishini yashirib o’tirmadi. Nima ham derdik, omad senga yor bo’lsin, Javlon!!!.
Bolimlar: O'zbekcha Kinolar | Kiritdi: Admin
Korildi: 2514 | : 0 | Izohlar: 1 | Baholar: 5.0/1
Total comments: 0
Only registered users can add comments.
[ Sign Up | Login ]

Izlash
Kirish
Soat
Sms Jo'natish
Pul Ishlang
Islomiy Saytlar
Reklama
Yangi Rasmlar
wWw.Uzprograms.Com © 2013



            Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!